NEGA KOMPANIYANING TASHQI AUDIT KERAK?

“NAYMON INVEST CONSULTING” MChJ har yili moliyaviy hisobotlarni va boshqa moliyaviy axborotlarning O’zbekiston Respublikasining buxgalteriya qonunchiligiga ishonchliligi va muvofiqligini aniqlash maqsadida moliyaviy hisobotlarni va kompaniyaning tegishli moliyaviy ma’lumotlarini tekshirtiradi. Chunki “NAYMON INVEST CONSULTING” mas’uliyati cheklangan jamiyat 2015 yil 22 oktyabrdagi 1281-sonli investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi  bo’yicha litsenziyasiga ega va O’zbekiston Respublikasi hududida ro’yxatdan o’tgan bir necha investitsiya fondlarini boshqaradi.

O’zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 maydagi 78-II-sonli “Auditorlik faoliyati to’g’risida” gi  qonunining (yangi tahririga) 10-moddasiga asosan, investitsiya va boshqa fondlar yuridik va jismoniy shaxslardan jamlangan investitsiyalar va boshqa mablag’lar va ularning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchisi majburiy ravishda tekshirilishi lozim.

“NAYMON INVEST CONSULTING” MchJning auditorlik tekshiruvi bizning mijozlarimizga tinchlik va kompaniya xavfsizligiga ishonchni kafolatlaydi.

O’zbekistonda qimmatli qog’ozlar bozorida investor sifatida “NAYMON INVEST CONSULTING” MChJning mijozi bo’lib, hamda Sizning qimmatli qog’ozlaringiz va mablag’laringizni ishonchli boshqaruv shartnomasi asosida bizga ishonib, Siz qimmatbaho qog’ozlar bozorida ko’p yillik tajribaga ega bo’lgan mutaxassislarga doimo ishonishingiz mumkin.

Biz mijozlarimizning ishonchini qadrlaymiz va audit ushbu ishonchni oshirishning eng yaxshi usuli hisoblanadi.