INVESTITSIYA MASLAHATCHISI

«NAYMON INVEST CONSULTING» MChJ Qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish Markazi tomonidan 2014 yil 11 martda berilgan 1261 sonli litsenziyaga asosan qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiya maslahatchisi faoliyatini amalga oshiradi.

 «NAYMON INVEST CONSULTING» MChJ Qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiya maslahatchisi faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risidagi Qonuni (O’RQ-387-son 2015 yil 3 iyunda qabul qilingan) hamda Qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiya konsultanti faoliyati to’g’risidagi nizomiga (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2005 yil 15 iyulda 1495 son bilan Davlat ro’yxatidan o’tgan) asosan amalga oshiradi.

Qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiya konsultanti faoliyati to’g’risidagi nizomning 1 bandiga asosan qimmatli qog’ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi masalalari, qimmatli qog’ozlar bozori va uning ishtirokchilari holatini tahlil etish hamda istiqbolini belgilash bo’yicha maslahat xizmatlari ko’rsatuvchi, shuningdek qimmatli qog’ozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs investitsiya maslahatchisidir.

Mazkur Nizomning 6 bandida investitsiya maslahatchisi tomonidan quyidagi xizmatlar ko’rsatish belgilangan:

– qimmatli qog’ozlar bozori va uning ishtirokchilari holatini tahlil etish hamda istiqbolini belgilash bo’yicha maslahat xizmatlarini ko’rsatish;

– moliyaviy instrumentlar (moliyaviy majburiyatlar)ni ekspertiza qilish, ishlab chiqish va tavsiya etish;

– qimmatli qog’ozlarni chiqarish bo’yicha, shu jumladan mijozlarni qimmatli qog’ozlarni chiqarish to’g’risidagi qarori, emissiya risolasini tayyorlash;

–  qimmatli qog’ozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni;

– yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan investitsiya siyosatini amalga oshirish  bo’yicha maslahat berish;

– mijozlar uchun o’quv materiallarni tayyorlash va chiqarish – mijozlar uchun qimmatli qog’ozlar bozorida hisobotlarni tayyorlash;

– qimmatli qog’ozlarni joylashtirish va ularning muomalasi masalalari bo’yicha maslahat berish;

– chegaralanmagan shaxslar uchun qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risidagi ma’lumotlarni tayyorlash va nashr qilish;

  – Qonunchilik bilan ta’qiqlanmagan boshqa ma’lumotlarni tayyorlash va taqdim qilish.